"Neftchi” yozgi ta’tilga chiqdi
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvdan so‘ng “Neftchi” jamoasi qisqa muddatli yozgi ta’tilga chiqdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumki, 11 iyundan futbol bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu mundialda ishtirok etishi sababli Superligada tanaffus yuzaga keldi. Shu bois far’g‘onaliklar a’zolariga qisqa muddatli ta’til berildi.
Islombek Ismoilov boshchiligidagi “Neftchi” 10 iyun kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Rejaga ko‘ra, jamoa 24 iyun kuni O‘zbekistonga qaytadi.
Shundan so‘ng klub Superliganing ikkinchi davrasi hamda mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlikni o‘z qarorgohida davom ettiradi.

Fikrlar