Nemislar “Liverpul”ning ustidan kulyapti
Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” faxriy prezidenti Uli Xyoness Angliya chempionatining amaldagi g‘olibi “Liverpul” joriy mavsumda duch kelayotgan muammolar haqida fikr bildirdi.
Angliya grandi yozgi transferlar oynasi davrida yangi o‘yinchilarga 500 million evro sarfladi. Mersisaydliklar safiga ko‘p yillar davomida “Bavariya” nishonida turgan Florian Virts ham qo‘shildi.
- “Liverpul” jamoani kuchaytirish uchun 500 million evro sarfladi, ammo mavsumni barbod qilib bo‘ldi. Menimcha, bu muammolar jamoa faqat superyulduzlardan tarkib topgani oqibatidir.
Ularda “rahbarlar” va “boshliqlar” ko‘p, lekin mehnat qiladigan, ter to‘kadigan “ishchilar” yo‘q.
Bu jamoa o‘yinchilarni to‘pni boshqaga uzatishni xohlamaydi, ular tez orada beshta to‘p bilan o‘ynasa kerak. Bechora Virtsga hatto pas ham etib kelmaydi. Chunki Muhammad Saloh, Dominik Soboslai va qolgan futbolchilar faqat o‘zi o‘ynashni istaydi, - dedi Uli Xyoness.
Fikrlar