Nemislar “Siti”ning markaziy himoyachisini chaqiryapti
“Manchester Siti”nin eng tajribali markaziy himoyachisi Jon Stounz faoliyatini Germaniya chempionatidagi superklubda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Caught Offside nashri ma’lumotiga ko‘ra, 31 yoshli futbolchiga Bundesliganing amaldagi chempioni va eng badavlat klubi “Bavariya” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Myunhen klubi mutasaddilari angliyalik himoyachi “Manchester Siti” bilan shu yilning 30 iyunida yakunlanadigan shartnomani uzaytirmasligidan umidvor. Ular mahoratli o‘yinchini erkin agent maqomida bepul olishni ko‘zlab turibdi.
Jon Stounz 2016 yilda “Everton”dan 55 million yevro evaziga “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan beri u Xosep Gvardiola qo‘l ostida olti marta Angliya chempioni va Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi, bir qator nufuzli sovrinlarga ega chiqdi.
Fikrlar