Neymar bo‘yicha yangilik chiqdi
Dunyoga mashhur braziliyalik futbolchi Neymar yakshanba kuni “Velo Klub” jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yinda “Santos” tarkibiga qaytishga tayyor. Bu haqida Ge Globo nashri xabar bermoqda.
Shu bilan birga, hujumchi payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Braziliya chempionatining “Atletiko”ga qarshi navbatdagi o‘yini oldidan dam oladigan bo‘ldi. Jamoaning yana bir muhim futbolchisi Gabigol ham, katta ehtimol bilan Kuritibadagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Neymar oxirgi marta ikki oydan ortiq vaqt oldin “Kruzeiro”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan edi.
Dekabr oyi oxirida hujumchi jarohatini operatsiya qildirdi va shu paytgacha formasini tiklash ustida ishladi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.
Fikrlar