Neymar Evropaga qaytmaydigan bo‘ldi
"Santos" klubi Neymar bilan shartnomanı uzaytirganini e’lon qildi. Hujumchining yangi mehnat shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan, bu haqida Braziliya klubi matbuot xizmati xabar berdi. Avvalgi shartnoma 31 dekabrda o‘z kuchini yo‘qotgan edi.
Neymar 2025 yilning yanvarida o‘zining qadrdon "Santos" jamoasiga qaytdi. 33 yoshli futbolchi jamoaga Braziliya A Seriyasidan tushib ketishdan qutulib qolishga yordam berdi va mavsumning so‘nggi o‘yinlarida, jamoada qolish masalasi hal bo‘lganda, yulduz hujumchi jarohatiga qaramay, o‘zini yorqin ko‘rsatdi. Mavsum yakunida futbolchining tizzasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, tiklanishning aniq muddati hali oshkor etilmagan.
5 fevral kuni Neymar 34 yoshga to‘ladi.
Fikrlar