Neymar Messi va uning oʻgʻillariga sovgʻa yubordi
Braziliyaning “Santos” klubi va Neymar Lionel Messi hamda uning o‘g‘illariga imzolangan futbolkalarni yubordi. Futbolkalarda braziliyalik futbolchining ismi va 10-raqami aks etgan.
“Santos” ijtimoiy tarmoqlarida Messi va uning o‘g‘illari futbolkalar bilan tushgan rasmni e’lon qildi:
"Neymardan — Messiga: Shahzodadan — Qirolga. Qirol tomonidan abadiylashtirilgan raqamga ega, beqiyos qiymatga ega muqaddas futbolka.Neymar, Messi va Pelening 10-raqamli libosi. Bu futbolning abadiy merosi hisoblanadi.
Vila Belmirodаn salom, Lionel Messi!", — deb yozilgan rasm izohida.
Fikrlar