Neymar "Santos"dagi janal haqida bayonot berdi

  • 27.07.2026 16:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Santos» klubi hujumchisi Neymar jamoadagi yosh futbolchilar bilan kelishmovchilikka borgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Avvalroq Braziliya chempionati 20-turida «Shapekoense»ga qarshi 2:2 hisobidagi o‘yindan so‘ng Neymar kiyinish xonasida 21 yoshli Gabriyel Bontemponi haqorat qilgani va 19 yoshli Joao Ananyas bilan tortishib qolgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

«Hammaga salom. Bu yakshanba kuni biz kutganimizdek o‘tmedi. Endi boshni ko‘tarib, yana ishlashda davom etishimiz kerak. Ko‘ryapmanki, ommaviy axborot vositalarida g‘oy men kiyinish xonasida yosh futbolchilarni qattiq tanqid qilganim haqida xabarlar chiqdi. Bu mutlaqo yolg‘on.

Bu ma’lumotni tarqatganlardan iltimos qilaman: bunday qilmang, yolg‘on gapirmang. Xohlagan odamdan so‘rashingiz mumkin – bu butun jamoa bilan bo‘lgan suhbat edi. U yerda men gapirdim, Lukas (Verissimo), Arao, Gabi – hamma o‘z fikrini aytdi… Brazao ham. Biz bir-birimizdan ko‘proq talab qildik, chunki raqobatbardoshmiz va g‘alaba qozonishni istaymiz.

Lekin ayni yosh futbolchilarga nisbatan alohida da’vo bo‘lganiy yo‘q. Men bunday uydirmalarga ko‘nikib o‘tirmayman. Agar kiyinish xonasida kimnidir tanqid qilish kerak bo‘lsa – u kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu g‘alaba qilishni istaydigan jamoa uchun oddiy holat.

Shunday yolg‘on va vijdoniga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlarni chiqarayotganlar esa hech narsadan xabardor emas. Sizlar futbol nima ekanini tushunmaysiz, hech qachon jamoa ichida bo‘lmagansiz», – dedi Neymar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!