
Neymar Zlatandan o‘tib ketdi
PSJ hujumchisi Neymar Liga 1 ning 12-turi doirasida "Bordo" darvozasini ishg‘ol qilib, Frantsiya chempionatidagi gollari sonini 50 taga etkazib oldi.
Ushbu natijani qayd etish uchun braziliyalikga 58 ta o‘yin etarli bo‘ldi. Bungacha parijliklar safida 50 talik marraga eng tez etib kelgan futbolchi Zlatan Ibragimovich edi (59 ta o‘yin).
Frantsiya birinchi divizionining so‘nggi 70 mavsumida "Marsel" futbolchilari Gunnar Andersson (53 ta o‘yin) va Yosip Skolbar (54 ta o‘yin) ushbu reyting bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd etgan.
Fikrlar