
Ngannu va Striklend murabbiyi: "Chimaevning uslubi Uittakerga o‘tarmikin?!"
Xtreme Couture sport zali bosh menejeri, murabbiyi, shuningdek, og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu (17-3) va sobiq o‘rta vazn toifasi chempioni Shon Striklend (29-6) murabbiyi Erik Niksik reytingda 11 o‘rinni egallab turgan Hamzat Chimaev(13-0)ning keyingi jangiga qiziqmoqda.
“Men jang sur’ati hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkinligiga ishonaman. Besh raundlik jangda Hamzatning bahsni iloji boricha tezroq tugatishga intiladi. Bu uning uslubi. Ammo bardoshli Uittakerga qarshi bu uslub ish berarmikin?! Mana shu haqiqiy jumboq. Biz Chimaevning bu vaziyatda qanday harakat qilishini bilmaymiz", - dedi Niksik Red Corner MMA nashriga.
Fikrlar