Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ngumoa 16 yoshida g‘alaba golini kiritgan APLdagi ikkinchi futbolchi bo‘ldi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Vinger mersisaydliklarning muhim g‘alabasiga sababchi bo‘ldi

Rio Ngumoa 16 yoshida APLda g‘alaba golini urgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

"Liverpul" vingeri Angliya premer-ligasining 2-tur o‘yinida "Nyukasl"ga qarshi uchrashuvning 100-daqiqasida gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi (3:2). U bu ishni 16 yosh 361 kunligida amalga oshirdi.

Rekord Ueyn Runiga tegishli bo‘lib, u "Everton" safida 16 yosh 360 kunligida Premer-ligadagi ilk g‘alaba golini urgan edi.

Ngumoa 2024 yilning yozida "Chelsi"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi. "Nyukasl" bilan o‘yin uning kattalar darajasidagi ikkinchi uchrashuviga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q