Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqariladi

  • 29.06.2021 18:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Evropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Frank de Bur uchun qimmatga tushadigan bo‘ldi.

AD nashri tarqatgan xabarga qaraganda, mamlakat futbol ittifoqi 51 yoshli mutaxassis bilan amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma “JCh-2022” oxirigacha imzolangan edi.

Niderlandiya terma jamoasi Frank de Bur boshchiligida jami 15 ta o‘yin o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda 8 ta g‘alaba, 4 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat qayd etildi.

Niderlandiya terma jamoasi “Evro-2020”ning 1/8 finalida kutilmaganda Chexiyaga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!