Nigina O‘ktamova chorak finalda!

  • 08.09.2025 16:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Hozirgina -54 kg da hamyurtimiz Nigina O‘ktamova ishtirokidagi bahs yakunlandi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda vakilamiz vengriyalik Anna Lakotarni ochkolar evaziga mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir bokschimiz Shavkatjon Boltaev hamda Bernad Martinez (Ispaniya) to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!