Nihoyat, "Qizilqum" golsiz va g‘alabasiz o‘yiniga chek qo‘ydi. Nigeriyalik legioner debyutidayoq maqtovlarga sazovor bo‘ldi

  • 22 fevral, 2022, 19:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi bugun “Rostov” U-19 jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bungacha mag‘lubiyat va durang o‘ynab kelayotgan va gol urishni uddalay olmayotgan “Qizilqum” nihoyat bu safar gol urdi va g‘alaba qozondi.

Tecno

O‘tgan safar navoiyliklar safiga ikki nafar legioner – Gonsalo Ritakko bilan Artyom Dmitriev qo‘shilgani haqida xabar bergandik. Endi ularning safi kengaydi. Jamoa safida yana bir legioner – hujumchi nigeriyalik 22 yoshli Paul Komolafe paydo bo‘ldi.

“Rostov” yoshlariga qarshi uchrashuvda aynan Komolafe 12-daqiqada hisobni ochdi va maqtovlarga sazovor bo‘ldi. 23-daqiqada yana bir legioner – Stanislavlevich hisobni 2:0 ga oshirdi. Mazkur natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

"Qizilqum" asosiy tarkib: Ignatiy Nesterov, Fayzullo Qambarov, Azizbek Usmonov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Timur Nabiev, Salim Mustafoev, Sherali Jo‘raev, Jasur Azimov, Aleksandar Stanislavlevich, Paul Komolafe, Ilhomjon Kenjaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Orifxo‘ja Abduxoliqov, Humoyun Abdualimov, Shaxzod Turopov, Shuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Artyom Makosin, Gonsalo Ritakko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FOTBALLLLLLLL
22/02/2022 20:36
Админлар Қизилкум йиғиңидаа яна ушта Африкалик бор еди шулар хаққида малумот беринглар