Niko Uilyams Ispaniya terma jamoasini tark etdi
Ispanlarda katta yo‘qotish
Ispaniya yana bir muhim oʻyinchisini yoʻqotdi. Basklarning mashhur klubi "Atletik" (Bilbao) va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams mushakdagi jarohati sabab milliy jamoa yigʻinlarini muddatidan oldin tark etdi. Bu haqida Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) rasmiy sayti xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 24 yoshli flang hujumchisi UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi oʻyindan soʻng chap son qismida kuchli noqulaylik sezgan. Bellashuv Sevilya shahrida boʻlib oʻtgan edi. Trenerlar shtabi tomonidan berilgan dam olish kuni davomida terma jamoa shifokorlari futbolchining ahvolini diqqat bilan kuzatdi, ammo ogʻriq pasaymadi. Shu bois Uilyams payshanba kuni rejalashtirilgan mashgʻulotda ishtirok etmadi.
RFEF shifokorlari tomonidan chuqur tibbiy koʻrik oʻtkazilgandan soʻng, bosh murabbiy Luis de la Fuente boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchi sogʻligini xavf ostiga qoʻymaslikka qaror qildi. Niko Uilyams joriy xalqaro yigʻin uchun terma jamoa roʻyxatidan chiqarildi, bu esa ehtimoliy retsidivning oldini olishga qaratilgan chora sifatida izohlanmoqda.
Yaqin kunlar ichida hujumchi Bilbaoga qaytib, "Atletik" klubi shifokorlari nazorati ostida tiklanish jarayonini boshlaydi.
Izohlar (0)