
Niko Uilms tayyor!
Kataloniyaning "Barselona" klubi Bilbaoning "Atletik" klubi hujumkor yarim himoyachisi Niko Uilyamsning transferi ustida ishlashda davom etmoqda. Bu haqda insayder Rudi Galetti xabar bermoqda.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining o‘zi "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilishga tayyor. Uilyams "Barselona" bilan yiliga 9-10 million evro maosh bilan besh yillik shartnoma imzolashni kutmoqda.
Niko bugun Ispaniya terma jamoasi bilan birga Evropa chempionati finalida o‘ynaydi. "Qizil furiya"ga Angliya termasi raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Niko basklar jamoasi uchun barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urib, 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar