Nima? MYUni mavsum so'nggiga qadar kim boshqarishi aniq bo'ldi

  • 05.01.2026 15:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimni ishdan bo‘shatishga qaror qildi, deya xabar berdi "The Athletic". 

40 yoshli portugalialik murabbiyga klub qarori haqida xabar berildi. 

Hozirda yoshlar jamoasini boshqarayotgan Darren Fletchen "Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi bo‘ladi. Klub ayni vaqtda 20 o‘yinda 31 ochko bilan Premer-liga jadvalidа oltinchi o‘rinda bormoqda. 

Amorim 2024 yil noyabridan beri klub murabbiyi sifatida ishlaydi. U jamoani 63 ta o‘yinda boshqargan, 25 ta g‘alaba, 15 ta durang va 23 ta mag‘lubiyat qayd etgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!