Nodirbek Abdusattorov Nomzodlar turniri favoritini aytdi
O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov Nomzodlar musobaqasida favoritlar haqida gapirdi.
FIDE Candidates 2026 haqida fikr bildirar ekan, Nodirbek favorit sifatida Fabiano Karuanani ko‘rsatdi.
Jahon chempionligi matchida taxminan 60/40 Fabi favorit. Gukeshning ham u bilan yaxshi natijalari bor, lekin baribir Fabiyning imkoniyati balandroq.
Nomzodlar turniri Karuana uchun hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu juda katta to‘siq. Agar u shu bosqichdan o‘tsa, ishonchi yanada oshadi va matchda juda jiddiy raqibga aylanadi.
U shuningdek, Pragg va Javohir Sindarovning ham yaxshi imkoniyatlari borligini aytdi. Agar ikkisidan faqat birini tanlash kerak bo‘lsa, Nodirbek ustunlikni Javohirga berdi.
-Agar Javohir Nomzodlar turnirini yutib, sizdan Jahon chempionligi matchida yordam berishni so‘rasa, rozi bo‘larmidingiz?
Ha, albatta.
Fikrlar