Nodirbek Abdusattorov o‘zbekistonlik boshqa bir shaxmatchiga peshqadamlikni boy berdi - "Uzchess Cup" turniri yakunlari

  • 14.06.2024 21:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan, "Classic" yo‘nalishidagi xalqaro shaxmat musobaqasi ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, "Masters" guruhi turnir jadvalida birinchi o‘rinni siz-u bizga tanish bo‘lgan Nodirbek Yokkuboev qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan Nodirbek Abdusattorov va xitoylik Yu Yangilar joy olishdi. Yana bir kuchli shaxmatchimiz Javohir Sindarov 9 ta turdan so‘ng guruhni beshinchi o‘rinda yakunladi. Sababi, Javohir so‘nggi bahsda Grischuk Aleksandr bilan durang natija qayd etdi. Shu sabali ham Sarana Aleksey guruhni to‘rtinchi pog‘ona bilan yakunlab, yurtdoshimizni ortda qoldirdi. Musobaqa sovrinlariga keladigan bo‘lsak, birinchi uchta o‘rin uchun ham pul mukofoti qo‘yilgan. Peshqadam 25 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi. Ikkinchi o‘rin uchun 20 ming AQSh dollar, uchinchi o‘rin uchun esa 15 ming AQSh dollari pul mukofoti berildi. Albatta, ikki yurtdoshimizning bu natijasidan faxrlanishimiz kerak. Bunday katta turnir O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilishi va unda vakillarimiz g‘alaba qozonishi quvonarli holat.

"Challengers" guruhida ham quvonarli vaziyat. Sababi, bu guruhda ham yana bir hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov turnir davomida peshqadamlikni saqlab, o‘z raqiblarini ortta qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Uning eng yaqin taqibchisi Predka Aleksandr 5 ochko jamg‘argan holatda musobaqaning ikkinchi pog‘onasini band etdi. Uchinchi o‘rinni esa Aleksandr Injich egalladi. U ham 5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu guruhning birinchi uchtaligiga ham ham pul mukofotlari qo‘yilgan. Jumladan, Shamsiddin Vohidov 15 ming AQSh dollari, Predka Aleksandr 10 ming AQSh dollari va Adeksandr Injich 5 ming AQSh dollari pul mukofotiga ega bo‘lishdi. Shubhasiz, mavsum kashfiyoti Shamsiddin Vohidov bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bu turnirning natijasidan so‘ng Shamsiddin Vohidov dunyoning kuchli shaxmatchilari orasida kuchli 100 talikka kirdi. Hozirda uning reytingi - 2642.9.

"Futures" guruhi yaqqol peshqadami Sivuk Vitaliy bu superturnirda 6 ochko jamg‘argan holda, g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni esa Bardiya Daneshvar qo‘lga kiritdi. Saidakbar Saydaliev va Muhammadzohid Suyarov 5.5 ochko bilan 3-4-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Bu guruhda ham g‘oliblar uchun pul mukofotlar qo‘yilgan. Unda birinchi o‘ringa 7 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘rin uchun 5 ming AQSh dollari va uchinchi o‘rin sohibi Saidakbar Saydalievga esa 3 ming AQSh dollari mukofot puli belgilangan. Muhammadzohid Suyarovga keyingi turnirlarda omad tilab qolamiz va bundan ham katta natiajalarga erishishiga tilakdoshmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!