
Norbekov "Qo‘qon-1912" bilan xayrlashdi
Superliga bilan xayrlashgan “Qo‘qon-1912” kelasi yili pro ligada ishtirok etadi. Tabiiyki, tarkibi ham o‘zgaradi. Albatta, klubni tark etadigan futbolchilar ham bo‘lishi bu normal holat.
Jumladan, iqtidorli o‘yinchi Shoxnazar Norbekov ham “Qo‘qon-1912” bilan xayrlashgani ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, tuzilgan shartnoma ham nihoyasiga etgan.
Yodingizda bo‘lsa, u joriy mavsumni “Metallurg”da boshlab, ikkinchi davrada qo‘qonliklar safiga qo‘shilgan. Shoxnazar bekobodliklar tarkibida 8 ta o‘yinda 1 ta gol urgan. “Qo‘qon-1912” tarkibida esa 13 ta bellashuvda raqiblar darvozasiga 6 ta gol urishga erishdi.
Hozirda futbolchining xizmatiga qiziqish bildirayotgan jamoalar bor.
Fikrlar