
Norvegiya yo‘q joydan g‘alabani ilib ketdi
Avstraliyada o‘tayotgan "ATP Cup" musobaqasining guruh bosqichida Norvegiya terma jamoasi AQSh termasini 2:1 hisobida taslim qildi.
Ushbu terma jamoalarning yakkalik bahslaridan keyin hisob 1:1 ko‘rinish olganidan so‘ng, jamoalar juftlik bellashuvlarida o‘zaro kuch sinashdi.
Unda Kasper Ruud va Viktor Durasovich tandemi Ostin Kraychek va Rajiva Rama juftlikgini 4:6, 6:3, 10:5 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar