
"Norvich" 5-marta APLdan tushib ketdi va bu borada rekordchiga aylandi
“Norvich” Angliya premer-ligasining 35-turida o‘z maydonida “Vest Xem”ga 4:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Daniel Farke jamoasi matematik jihatdan APLni tark etdi.
Qizig‘i, “Norvich” premer-liga tarixida eng ko‘p Chempionshipga ravona bo‘lgan jamoaga aylandi. Ushbu jamoa 1992 yildan buyon, ya’ni Angliya premer-ligasi joriy etilganidan buyon 5 marta quyi ligaga tushib ketgan.
Fikrlar