Novak Jokovich qaytmoqda!
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining ikkinchi bosqichida frantsiyalik Gael Monfisga qarshi kortga chiqdi.
Novak dastlabki setni 4:6 hisobida yutqazib qo‘ygan bo‘lsa-da, qolgan setlarda 6:3, 6:1, 6:3 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, serbiyalik tennischi o‘zaro o‘yinlarda 15:1 hisobida oldinda bormoqda.
Endi Jokovich musobaqaning uchinchi bosqichida ispaniyalik Albert Ramos bilan raqobatlashadi.
Fikrlar