Novak Jokovich "Rolan Garros" chempioni

  • 12.06.2023 16:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Tennis ixlosmandlari katta qiziqish bilan kuzatgan "Rolan Garros" turniri yakuniga etdi.

Erkaklar o‘rtasidagi final o‘yinida serbiyalik Novak Jokovich Norvegiya vakili Kasper Ruudga qarshi kortga chiqdi. Bellashuv tajribali Jokovichning 3 setdagi g‘alabasi bilan yakuniga etdi, 7:6 (7:1), 6:3, 7:5.

Shu tariqa, Novak "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 23 karra g‘olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!