Novak Jokovichning raqibi hamon aniqlangani yo‘q
Zohir2018
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi uchinchi bosqichda o‘ynaydi
Serbiyalik Novak Jokovich "Mutua Madrid Open"ning ikkinchi davrasida amerikalik Teylor Frittsni sinovdan o‘tkazdi.
Ular o‘rtasidagi mazkur bahsda Novak raqibini dastlabki setda 6:4 hisobida enggan bo‘lsa, ikkinchi setda bor yo‘g‘i raqibiga ikki geymni sovg‘a qildi.
Shu tariqa dunyoning birinchi raqamli tennischisi N.Jokovich uchinchi bosqichga yo‘l oldi. Uning raqibi bugun aniqlanadi.

Izohlar (0)