Noyerning "Bavariya"dagi taqdiriga oydinlik kiritildi

  • 15.01.2022 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer tez orada klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda Sky Sport Deutschland nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli posbon Myunxen super klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2023 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Manuel Noyer joriy mavsum "Bavariya" safida 25 ta o‘yinda maydonga va o‘z darvozasidan 25 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!