O'rniga "Manchester Yunayted" yulduzi keladi
Zoʻr hujumchilar koʻp
«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee yaqin vaqtlarda «Aston Villa» safiga o‘tishi mumkin.
«Villa» rahbariyati niderlandiyalik forvardni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga yo‘l olayotgan Alli Uotkinsga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Transfer News Live nashri The Sun manbasiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Birmingham klubi allaqachon «qizil iblislar» bilan Zirkzee transferi bo‘yicha dastlabki muloqotlarni boshlab yuborgan. Shu bilan birga, «Aston Villa» uchun transfer bozoridagi asosiy nomzod sifatida hozircha «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson qolmoqda.
«Manchester Yunayted» hozircha Joshua Zirkzee ketishiga rasmiy ruxsat bermagan. Futbolchiga Italiya klublaridan ham qiziqish katta. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli hujumchining bozor qiymati 20 million yevro atrofida baholanmoqda.
Izohlar (0)