O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mundial chiptalari bo‘yicha ayblovlarga javob berdi

  • 07.07.2026 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi jahon chempionati  milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston­dan borgan futbol ishqibozlari  mundial o‘yinlariga biletlar narxi keskin oshirib yuborilgani bo‘yicha shikoyat qilmoqda. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etgan o‘yinlarga rasmiy narxi 200–400 dollar bo‘lgan biletlar qayta sotuvda 900 dollardan 2 ming dollargacha taklif qilingan. Natijada ko‘plab muxlislar stadionga kira olmagani aytilmoqda.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) tushuntirishicha, biletlar savdosi to‘liq FIFA nazoratida bo‘lgan, guruh bosqichi uchun rasmiy narxlar esa 140 dollardan 700 dollargacha etib belgilangan.

O‘FAga ko‘ra, FIFA qoidalari egalari­ga biletlarni rasmiy Resale Platform platformasi orqali qayta sotishga ruxsat beradi. Shu bois assotsiatsiya bu jarayonni taqiq­lash yoki to‘xtatish vakolatiga ega emasligini ta’kidlagan. 

Shu bilan birga, muxlislar biletlarni juda yuqori narxlarda qayta sotishda mahalliy blogerlar va futbol tuzilmalariga aloqador ayrim shaxslar ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. 

Manbalardan ba’zilari anonimlik shartida ma’lum qilishicha, O‘FAga bog‘liq tuzilmalar xodimlari o‘yin kuni biletlarni 1500 dollargacha bo‘lgan narxda taklif qilgan holatlar ham kuzatilgani aytilmoqda.

Avvalroq FIFA o‘zbekistonlik muxlislar uchun taxminan 14 mingta bilet ajratgani ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilda AQSh, Meksika va Kanadada o‘tgan tarixiy debut jahon chempionatida Fabio Kannavaro boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "K" guruhida ishtirok etdi. Jamoa pley-off bosqichiga yo‘l ololmadi va guruhda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Guruh bosqichida terma jamoa Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi, Portugaliyadan 0:5 hisobida yirik hisobda yutqazdi, so‘nggi turda esa Kongo jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!