Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

O‘zbekiston jahon chempionati saralashidagi raqiblarini bilib oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mundialga borish oson bo‘lmaydi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2027 yildgi futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati saralashi pley-off bosqichining dastlabki raundidagi raqiblari va o‘yinlar taqvimini bilib oldi.

Qur’a tashlash marosimi Tsyurix shahrida o‘tkazildi. Midori Honda shogirdlari olti jamoadan iborat guruhga tushdi. Bu bosqichda har bir jamoa turli savatlardan chiqqan raqiblariga qarshi bitta dan o‘yin o‘tkazadi.

O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlar taqvimi:
1-tur: O‘zbekiston — Papua — Yangi Gvineya;
2-tur: O‘zbekiston — Gana;
3-tur: Janubiy Afrika Respublikasi — O‘zbekiston.

Dastlabki raund uchrashuvlari joriy yilning 24 noyabridan 5 dekabrigacha bo‘lib o‘tadi. Turnir yakunlariga ko‘ra umumiy jadvalda eng ko‘p ochko to‘plagan ikki jamoa saralashning final bosqichiga yo‘l oladi. 

2027 yil fevral oyida dastlabki bosqich g‘oliblari UEFA, KONKAKAF va Venesuela vakillari bilan birga jahon chempionatiga chiqish uchun ajratilgan uchta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.

Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati 2027 yil 24 iyundan 25 iyulgacha Braziliyada o‘tkaziladi. Turnirning hal qiluvchi bahsi mashhur «Marakana» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q