O‘zbekiston muxlislariga chiptalar qanday taqsimlandi?
2026 yilgi jahon chempionati uchun oʻzbekistonlik muxlislarga taxminan 14 mingta chipta ajratilgan. Bu haqida Spot.uz xabar berdi.
Manba maʼlumotiga koʻra, guruh bosqichi oʻyinlari uchun jami 14 073 ta chipta Oʻzbekiston muxlislari ixtiyoriga topshirilgan.
Shulardan qariyb 8 mingtasini fanatlar toʻgʻridan-toʻgʻri FIFA orqali — tasodifiy tanlov tizimi va ochiq savdolardan foydalanib sotib olgan.
Qolgan 6009 ta chipta esa oldindan buyurtma asosida Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi, mamlakt sport vazirligi, futbol klublari, davlat idoralari, sponsorlar hamda AQShdagi vatandoshlar tashkiloti orqali taqsimlangani qayd etilgan.
Eslatib oʻtamiz, Fabio Kannavaro boshqaruvidagi Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor qatnashgan 2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichidayoq toʻxtab qoldi. Jamoa "K" guruhida soʻnggi oʻrinni egallab, uch uchrashuvning barchasida magʻlubiyatga uchradi: Kolumbiyaga qarshi — 1:3, Portugaliyaga qarshi — 0:5, DR Kongoga qarshi — 1:3.
Turnirni ochkolar siz tark etganiga qaramay, terma jamoa oʻzbek futboli tarixida yangi sahifa ochdi. Mundiallarda Oʻzbekiston terma jamoasining ilk gollari mualliflari sifatida Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov nomlari tarixga kirdi.

Fikrlar