Oʻzbekiston tarixda ilk bor Uimbldonda uch nafar tennischi qiz oʻynaydi

  • 26.06.2026 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor ayollar o‘rtasidagi yakka razryad bo‘yicha Uimbldonning asosiy to‘rigа bir vaqtning o‘zida uch nafar tennischi bilan chiqadi. 

"Katta Dubulğa" turkumidagi nufuzli turnirning asosiy bosqichida O‘zbekiston sharafini Kamilla Rahimova, Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova himoya qiladi.

WTA reytingining 65-pog‘onasida turgan Rahimova yuqori ko‘rsatkichі tufayli to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy to‘rgа yo‘llanma oldi. Timofeeva (WTAda 92-o‘rin) esa saralash finalida britaniyalik tajribali raketka ustasi Xiter Uotsonga qarshi o‘yinda irodasini namoyish qildi va uchrashuv 3:6, 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba bilan yakunlandi. 

Kudermetova (WTAda 116-o‘rin) esa parallel o‘tgan saralash finalida rossiyalik Alina Charaeva ustidan 4:6, 6:4, 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, asosiy to‘r yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu uchala sportchi avval Rossiya nomidan ishtirok etardi. 2025 yilning oxirida ular sport fuqaroligini o‘zgartirib, rasmаn O‘zbekiston terma jamoasi safida maydonga tushа boshladi.

Londondagi Uimbldon turnirining asosiy to‘ri uchrashuvlari dushanba, 29 iyunda start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!