O'zbekiston tennischisi Pekinda ancha qiynaldi

  • 03.10.2026 05:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pekinda (Xitoy) oʻtayotgan WTA 1000 turnirida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etayotgan Mariya Timofeeva musobaqaning ikkinchi bosqichida yaponiyaik Naomi Osakaga magʻlub boʻldi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

WTA reytingida 17-oʻrinni egallab turgan Osaka jahon tasnifida 68-raqam ostida qayd etilgan Timofeevani uch setlik kurashda magʻlub etdi — 6:3, 3:6, 6:3. Uchrashuv ikki soatdan ortiq, aniqrogʻi, ikki soat toʻrt daqiqa davom etdi.

Timofeeva uchun bu musobaqa China Openning asosiy toʻridagi ilk ishtirok boʻldi. U birinchi bosqichda Chexiya vakili Darya Vidmanovani 6:3, 6:3 hisobida magʻlub etgan edi. Pekingacha Timofeeva Portda oʻtgan WTA 125 turnirda gʻolib chiqib, Xitoy poytaxtiga ketma-ket beshta gʻalaba seriyasi bilan yetib kelgandi.

Naomi Osaka endilikda uchinchi bosqichda chex tennischisi Sara Beylekka qarshi maydonga tushadi. Beylek avstraliyalik Meddison Inglisni 6:3, 7:5 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!