O'zbeklardan yana bir sensatsiya

  • 23.09.2026 22:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha Jahon Olimpiadasining yettinchi turida Xitoy terma jamoasi ustidan muhim g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv umumiy 3:1 hisobida o‘zbek shaxmatchilari foydasiga yakunlandi. 

Birinchi taxtada o‘ynagan Nodirbek Abdusattorov oq figuralar bilan sobiq jahon chempioni Din Lijyenni mag‘lub etdi. 

Yana bir hal qiluvchi ochkoni terma jamoaga avvalgi tur qahramoni Nodirbek Yakubboev olib keldi — u Yuy Yan’ini yengdi. 

Javohir Sindarovning Vey Iga qarshi va Muxiddin Madaminovning Syuy Syan’yu’ga qarshi o‘yinlari durang bilan tugadi.

Xitoy terma jamoasi musobaqa oldidan O‘zbekiston uchun asosiy raqiblardan biri sifatida ko‘rilar edi. Olimpiadaning oltinchi turida ham mezbonlar yana bir kuchli da’vog‘ar — Hindiston terma jamoasini mag‘lub etgan edi. 

Hozircha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi barcha uchrashuvlarda zafar quchgan yagona jamoa sifatida turnir jadvalida yakka yetakchilikni saqlab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!