Obameyang "Arsenal"da Bergkampning tarixiy rekordini takrorladi

  • 1 oktabr, 2019, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyang kecha "Manchester Yunayted"ga (1:1) qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etdi va Angliya premer-ligasining o‘tgan 7 ta uchrashuvining barchasida gol urishga erishdi.

Ta’kidlash kerakki, 7 ta o‘yinda 7 ta gol bu "kanonirlar" rekordi hisoblanadi. Ushbu rekordni 1997/98 yilgi mavsumda Denis Bergkamp o‘rnatgan edi.

Agar gabonlik hujumchi keyingi uchrashuvda ham gol urishni uddalasa, u holda bu borada yaqqol rekordchiga aylanib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Obameyang "Arsenal" safiga 2018 yilning yanvarida "Borussiya" Dortmunddan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!