OChL-2. "Andijon" bugun muhim bahsda maydonga tushadi!
Osiyo Chempionlar ligasi–2 musobaqasining 5-turi doirasida "Andijon" Turkmanistonning "Arkadag" jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Ayni paytda "B" guruhining turnir jadvalida "burgutlar" ortda qolgan turlar davomida 4 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallab turibdi. Raqib jamoa esa 3 ochko bilan so‘nggi 4-o‘rinda bormoqda. Mazkur bahs bugun soat 18:45da start oladi.
Ma’lumot uchun, bu ikki klub o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 0:0 hisobiga yakunlangan.



Fikrlar