
OChL. Bugun "Navbahor" va OKMK guruh bosqich yo‘llanmasi uchun Qatar klublariga qarshi maydonga tushadi! (Foto)
Bugun "Navbahor" va OKMK jamoalarimiz Osiyo chempionlar ligasi so‘nggi saralash bosqichi doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Agar klublarimiz bu o‘yinda zafar quchsa, guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
"Navbahor" Qatar chempionatida o‘tgan mavsum 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan "Al-Vakra" bilan kuch sinashadi. Bahs 20:30 da start oladi.
OKMK esa Qatar vitse-chempioni "Al-Arabi"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 22:30 da boshlanadi.
Fikrlar