OChL. OKMK so‘nggi o‘yinida ham mag‘lubiyatga uchradi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Eyr Fors" - OKMK uchrashuvi yakuniga etdi. Afsuski, unda hamyurtlarimiz 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Mezbonlar safida gollarga Abdul-Amir, Atchu va Qosim mualliflik qildi. Olmaliqliklar tarkibida Mirahmadov va Boake o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Shu tariqa, "Eyr Fors" ochkolari soni 10 taga etdi va guruhda 3-o‘rinni band etib turibdi. OKMK hisobida esa ochko mavjud emas va ular so‘nggi 4-pog‘onadan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
05/12/2023 08:14
Мени
Боакега маслахатим Насафга ут елкангга шамол тегади
Imomali
04/12/2023 19:38
Mirjalol Qosimov meni oldimga kelib dehqonchilik bilan shugʻullanganing yaxshi BULADI trenerlik sanga emas balki ketmoqda matnni degan ashulasini aytib ketgan ming yahshidir.