Odilxon Kamolovning keyingi raqibi ma'lum

  • 21.02.2026 13:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

28 fevral kuni Gruziya poytahti Tbilisi shahrida MMA va kikboksing bo‘yicha "Max Fight 14" turniri bo‘lib o‘tadi.

E’tiborliisi, unda o‘zbekistlonlik MMA ustasi Odilxon Kamolov (8-5) ham ishtirok etib, ukrainalik Stanislav Shaboltas(4-15)ga qarshi jang qiladi. Shuningdek, mazkur oqshomda yana bir hamyurtimiz Ulug‘bek Ikashev (11:0) va Ozarbayjon vakili Amil Mustafayev (3-11) bilan to‘qnash kelsa, sportchimiz Sardor Ochilov (3-3) mezbonlar vakili Saba Sazashvili (5-5)ga qarshi kurash olib borishi rejalashtirilgan.

Mazkur qarama-qarshiliklar O‘zbekiston vaqti bilan soat 13:00 da o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!