"OFK Kubogi-2022". Ertaga "So‘g‘diyona" - "Kuala Lumpur Siti" o‘yini oldidan rasmiy tadbirlar bor. Matbuot anjumanida kimlar qatnashadi?

  • 3 oktabr, 2022, 23:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, 5 oktyabr kuni “OFK Kubogi-2022” doirasida «So‘g‘diyona» Malayziyaning «Kuala Lumpur Citi» jamoasi bilan bahs olib boradi.

Tecno

Hududlararo final uchrashuvi oldidan ertaga «So‘g‘diyona» sport majmuasida matbuot anjumani va rasmiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi.

Soat 12:00 da «Kuala Lumpur Citi» bosh murabbiyi Bojan Hodak va Paulo Josue ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Soat 12:15 da esa «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev hamda jamoa etakchilaridan biri Shaxboz Jurabekov matbuot anjumanida qatnashadi.

Tushdan keyin esa jamoalarning o‘yinoldi rasmiy mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.

Soat 16:45 da «Kuala Lumpur Citi» rasmiy mashg‘ulot o‘tkazsa, soat 18:15 da esa «So‘g‘diyona»ning mashg‘uloti bo‘ladi.

Barcha turdagi OAV vakillarini mazkur uchrashuvni yaqindan yoritishga taklif etamiz.

“So‘g‘diyona” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!