
Og‘ir atletika. Bugun Muhammadqodir Toshtemirov jahon chempionatida ishtirok etadi
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun dunyo birinchiligida erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Muhammadqodir Toshtemirov yurtimiz sharafini himoya qiladi. Sportchimiz ishtirokidagi chiqish Toshkent vaqti bilan soat 02:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Muhammadqodir Toshtemirov "A" guruhida bahs olib boradi.
Fikrlar