
Og‘ir atletika. Jahon chempionatida supachaga chiqqan ilk vakilimiz 6-o‘rinni egalladi
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyadagi jahon chempionatida o‘z ishtirokini boshladi. Dastlab Nigora Abdullaeva -55 kg vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 86 kg, siltab ko‘tarishda esa 106 kg natija qayd etib, ikki kurashda 192 kg bilan musobaqani oltinchi o‘rinda yakunladi. Oltin medal Tokio-2020 chempioni filippinlik Xidilin Diasga nasib etdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha JCh.
Ayollar, -55 kg:
1-o‘rin - Xidilin Dias (Filippin) – 207 (93+114) kg
2-o‘rin - Morales (Kolumbiya) – 199 (89+110) kg
3-o‘rin - Ana Lopes (Meksika) – 198 (90+108) ...
6-o‘rin - Nigora Abdullaeva (O‘zbekiston) – 192 (86+106) kg
Fikrlar