Og‘ir atletika. Parij-2024 litsenziyalari o‘ynaladigan turnirlar e’lon qilindi

BEPUL PROPAN

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi ham Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun ajratilgan kvotalar va ularning taqsimlanish tizimini tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Quyida mazkur dasturga oid e’tiborli ma’lumot va raqamlarni keltirib o‘tamiz:

Ushbu sport uchun umumiy ajratilgan kvota: 120 (60+60) 

Erkaklar vazn toifalari: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg va +102 kg

Ayollar vazn toifalari: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg va +81 kg

Ajratilgan 60 kvota har bir vazn toifalarida teng taqsimlanadi

Har bir mamlakatdan maksimum 6 nafar (3+3) sportchi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin. Bordiyu qaysidir jamoa 4 yoki undan ortiq yo‘llanmaga ega bo‘lsa, majburiy ravishda 3 sportchisini tanlaydi. 

O‘rinlar reyting ochko taqdim qiluvchi musobaqalardagi natijalarga qarab shakllantiriladi. Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘lish uchun sportchilar kamida 5 ta ana shunday reyting turnirida ishtirok etishlari shart. Ulardan quyidagi 2 tasi majburiy: 

2023 yilgi jahon chempionati (2-17 sentyabr, Saudiya Arabistoni);

2024 yilgi Jahon kubogi (2-11 aprel, Tailand) 

Shuningdek, quyidagi musobaqalardan kamida 3 tasida ishtirok etgan bo‘lishlari talab etiladi. 

2022 yilgi jahon chempionati (5-16 dekabr, Kolumbiya);

2023 yilgi Osiyo chempionati (3-13 may, Janubiy Koreya);

2023 yilgi I Gran-pri (2-12 iyun, Kuba);

2023 yilgi II Gran-pri (dekabr, Qatar);

2024 yilgi Osiyo chempionati (5-15 fevral, O‘zbekiston) 

Litsenzion musobaqalardan biriga Toshkent mezbonlik qilishi chempionatning nufuzini yanada ko‘tarib beradi. Biroq qit’amiz terma jamoalariga 2023 yilgi jahon chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining orasidagi juda qisqa fursat halaqit berishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. 2-17 sentyabr kuni qit’amiz atletlari Saudiyada dunyo birinchiligida ishtirok etishsa, 27 sentyabr – 4 oktyabr sanalarida ularni Osiyo o‘yinlari doirasidagi bahslar kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!