OKMKning Turkiyadagi yig‘ini qanday o‘tdi?

3 fevral kuni Turkiyaning Antalya shahrida rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishgan OKMK jamoasi 17 fevralda mazkur tayyorgarlik bosqichini yakunladi.

Avval xabar berganimizdek, yig‘in davomida 5 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. E’tiboringizga bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik-nazorat o‘yinlarini yana bir bor eslatib o‘tamiz.


5 fevral

OKMK – “Volga” (Rossiya) – 1:2

8 fevral

OKMK – “Atirau” (Qozog‘iston) – 3:0

11 fevral

OKMK – “Astana” (Qozog‘iston) – 1:1

14 fevral

OKMK – “Metalist 1925” (Ukraina) – 0:1

16 fevral

OKMK – “Petrokub” (Moldova) – 1:2

Bugun jamoa a’zolari Antalyadan to‘g‘ri Toshkentga parvoz qiladilar. Futbolchilarga 2 kun dam beriladi va 20 fevral kuni mavsum oldidan so‘nggi yig‘inni boshlash uchun “Do‘rmon” qarorgohiga yig‘in belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!