Olise kelajagi haqida qaror qabul qildi
U o‘zgarish qilmoqchi
Frantsiyalik hujumchining keyingi manzili ma'lum bo‘ldi.
24 yoshli fransuz hujumchisi Maykl Olise «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi yakunlangandan so‘ng Ispaniya chempionatida faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Olise o‘zini aynan La Ligada sinab ko‘rishni istamoqda. Futbolchining bu istagidan «Real» va «Barselona» rahbariyati xabardor. Hozirda Oliseni «Bavariya» bilan bog‘lab turuvchi shartnoma 2029 yil yozigacha amal qiladi va myunxenliklar uni uzaytirish tarafdori.
Joriy mavsumda Olise «Bavariya» tarkibida barcha musobaqalar doirasida yetti o‘yin o‘tkazdi. Ushbu bahslarda forvard sakkizta gol urdi va uchta golli uzatma berdi.
Izohlar (0)