Olmo deb siqilib yurgan "Barselona" muxlislari uchun xushxabar

  • 02.01.2025 19:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. 

Yosh futbolchi 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi doirasida bo‘lib o‘tadigan "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Shuningdek, Kristensen hamda Arauxo ham mazkur bellashuvda maydonga tushishi ehtimoli bor. 

Ayni vaqtda "Barselona"da Olmo masalasida muammolar bo‘lyapti. Klub uni La Liga uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi va futbolchi erkin agentga aylandi. Uning o‘zi istasa klubni tark etishi mumkin. "Barselona" esa Olmo masalasida Liga rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!