Oltita Evroda o‘ynagan Ronalduning bir armoni bor

  • 19 iyun, 2024, 04:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatlarida biror marotaba ham jarimadan gol urmagan. 

Kecha Portugaliya "Evro-2024" guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan bahsda Chexiyani 1:0 hisobida taslim etdi. 

Bellashuvning 59-daqiqasida "An-Nasr" forvardi jarima zarbasi amalga oshirdi. Chexiya darvozaboni Stanek darvozaga aniq tepilgan to‘pni osonlik bilan ushlab oldi. 

Bu portugalning Evropa chempionatlari jarima zarbasidan yo‘llangan 29-zarbasi bo‘ldi. U hech qachon ushbu turnirda jarima zarbalarini golga aylantira olmagan. 

Ushbu bellashuvda maydonga tushgan Krishtianu oltita Evropa chempionatida o‘ynagan ilk futbolchiga aylandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!