“O‘rmonchilar” “o‘zidan ketib qoldi”

  • 12.11.2025 08:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi ishtirokchisi “Nottingem Forest” yozgi transferlar oynasi davrida etakchisi  yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotib yuborish orqali mo‘may daromad ishlab olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, 22 yoshli iste’dod egasiga bir necha qudratli klublar, xususan, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” ham ko‘z tikmoqda.

“O‘rmonchilar” o‘z o‘yinchisiga badavlat klublar qiziqish bildirayotganini inobatga olib, bu transferdan 137 million evrogacha bo‘lgan mablag‘ olishni rejalashtiryapti. O‘yinchining shartnomasida transfer imkonini beradigan badal summasi belgilanmagan.

Elliot Andersen aslida “Nyukasl” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada bir mavsum ijara asosida “Bristol Siti”da ham o‘ynagan. Biroq “Nyukasl” uni 2024 yilning yozida  41,2 million evroga “Nottingem Forest”ga sotib yuborgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!