Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O‘runov va jamoadoshlarining “siri” fosh bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Karantindan keyin shunaqa bo‘ladi.

O‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” jamoasi koronavirusga test topshirganidan keyin Chelyabinsk viloyatida ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagani haqida xabar bergan edik.

Jamoa bosh murabbiyi Vadim Evseev mashg‘ulotlardan olgan dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi mashg‘ulotdayoq futbolchilarimizning anchadan buyon to‘pga tegmagani fosh bo‘ldi. Hozir, asosan yugurish bilan shug‘ullanyapmiz. Endi sekin-asta to‘p bilash ishlashni yo‘lga qo‘yamiz. Oldimizdagi maqsadlar sari intilaveramiz, - dedi Vadim Evseev.

Oston O‘runov  va uning jamoadoshlari 4 iyunga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida jismoniy holatlarini mustahkamlash bo‘yicha shug‘ullanadi.  

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q