O‘runov yana maydondan tashqarida!

  • 8 iyun, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” rahbariyati asosiy tarkibga kira olmagan va “Ufa”da o‘ynab, ijaradan qaytgan Oston O‘runov mavsumga ikkinchi jamoa tarkibida tayyorgarlik ko‘rishi va Milliy futbol ligasida to‘r surishini ma’lum qilgan edi.

Tecno

“Spartak-2” jamoasi ta’tildan qaytib, birinchi  mashg‘ulotini o‘tkazdi. Ushbu jamoa bosh murabbiyi Evgeniy Bushmanov asosiy maqsadi birinchi jamoaga sifatli o‘yinchilarni tarbiyalab berish, kelasi mavsumda tezkor va mazmunli futbol ko‘rsatish ekanini ma’lum qildi.

Ushbu jamoa safida qayd etilgan Oston O‘runov birinchi mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi. Ma’lumotlarga qaraganda, hamyurtimizda kichik jarohat bor ekan.

Milliy futbol ligasi musobaqasi 10 iyuldan boshlanadi.

O‘runovga Chempionlar ligasi ishtirokchisi xaridor!

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
08/06/2021 19:25
Шу болани хам,омади келмади-келмадида.Майли омадини берсин,шифосини берсин.Амин!!!