
Osimxemga A Seriyaning grand klubidan yana xaridor chiqdi
Taniqli insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, "Yuventus" uchun "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen doimiy ravishda ustuvor maqsad bo‘lib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turinliklar o‘tgan hafta oxirida futbolchining vakillari bilan aloqalarni faollashtirgan. Klub rahbarlari dastlab Osimxenning o‘zi bilan kelishuvga erishishni, uning maoshi bo‘yicha muzokara olib borishni rejalashtirmoqda. Faqat shundan so‘nggina ular neapolliklar bilan rasmiy suhbatlarga kirishadi.
Turin klubidan tashqari, nigeriyalik hujumchiga Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Arsenal" klublari, Saudiyaning esa "Al-Hilol" jamoasi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Shu bilan birga, "Napoli" "Liverpul" forvardi Darvin Nunes bilan almashish variantini ham ko‘rib chiqayotgani haqida mish-mish xabarlar tarqalmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Viktor "Galatasaray" safida umumiy 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 37 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi esa 70 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar