Osimxen: "Dunyodagi futbolchilarning 90 foizi "Yuventus" safida o‘ynashni istaydi"
Hozirda Turkiya Superligasining "Galatasaroy" klubida faoliyat olib borayotgan Viktor Osimxen Turinning "Yuventus" klubi haqida va o‘zining kelajagi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
"Yuventus - boy tarixga ega. Bu jamoada ko‘plab afsonalar to‘p surgan. Bu yerda o‘ynash men uchun sharaf bo‘lardi. Hozir “Galatasaroy”da baxtliman, lekin kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Dunyodagi futbolchilarning 90 foizi "Yuventus" safida o‘ynashni istaydi.
Ma’lumot uchun , avvalroq nigeriyalik futbolchini “keksa sinyora" qoshib olish niyati bor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hattoki, transfer amalga oshishi ham mumkin edi. Ammo ba’zi muammolar sababli ushbu transfer amalga oshmay qoldi. Futbolchining o‘zi esa intervyularining birida "Yuventus" klubini yoqtirishini yashirib o‘tirmadi.
Eslatib o‘tamiz, Osimxen 2024 yildan beri "sherlar" safida harakat qilmoqda. 27 yoshli futbolchi joriy mavsum Turkiya Superligasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning transfer narxi ayni paytda 75 million evroni tashkil qilmoqda
Fikrlar